Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida dronlardan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi muhokama qilindi. Jazo choralari qat’iy belgilangan bo‘lsada, ushbu toifadagi jinoyatlar soni yildan yilga ko‘payib borayotgani aytilgan.
XDP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida bukmekerlik faoliyatini huquqiy tartibga solish masalasi muhokama qilindi. Bir qator qonunlarga bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish mexanizmlarini nazarda tutuvchi normalar kiritish taklif etildi.
Xalq demokratik partiyasi O‘zbekistonda 1 sentyabrdan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori oshishiga munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, oylik oshirilishi bilan bir vaqtda bazaviy hisoblash miqdori va to‘lanadigan jarimalar hajmi oshishi jamoatchilik orasida savollar tug‘diryapti. «BHMning oshishi tor doiradagi qatlamga manfaatli bo‘lishi mumkin, ammo jarimalar oshishi barchaga birdek qiyinchilik tug‘dirishi mumkin», — deyiladi partiya munosabatida.
Xalq demokratik partiyasi raisi Ulug‘bek Inoyatov partiyaning maqsadi hukumatni egallash, ya’ni prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘lish ekanligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, saylovlarda xalq ayollarga ko‘proq ovoz beradi. «Ana shu nuqtayi nazardan biz nomzodimizni to‘g‘ri tanladik, deb o‘ylayman. Bu bizning saylovlarda g‘alaba qozonishimizda bir qadam bo‘ldi, deb hisoblayman», — deydi u.
Prezident saylovlarida XDP nomzodi sifatida qatnashishi kutilayotgan Maqsuda Varisova saylovda g‘alaba qozonsa, avvalo ishsizlik va bandlik sohasida islohotlar qilishini ta’kidladi. Uning ta’kidlashicha, prezidentlikka nomzodlar orasida ayol kishining bo‘lishiga gender tenglik tamoyili sabab emas. «Xalq orasidan chiqqan oddiy bir ona, oddiy bir ayol bo‘lganim sababli ham, xalqimizni qiynab turgan muammolarni quyidan bilganim uchun ham meni tanlashdi, deb o‘ylayman», — dedi u.
Surxondaryoning Boysun tumanida bir guruh shaxslar Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi deputatini kaltakladilar. XDP ushbu hodisa bo‘yicha «surishtiruv ishlari boshlanganiga bir yarim oydan oshgan bo‘lsa-da, hamon muayyan bir xulosaga kelinmagani» ni ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting